Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi
17:04 / 2023-09-11

Bu yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 1 ming 168 nafar o‘quvchi bitirdi. Ularning 544 nafari davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish baxtiga sazovor bo‘ldi.

Qolgan bitiruvchi yigit-qizlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.  

[gallery-13533]

Mehnat yarmarkasida tumandagi 10 dan ortiq korxona, tashkilotlar va tadbirkorlar 100 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.  

Shuningdek, bitiruvchilar bilan tumandagi yirik sanoat korxonalari “Stella Moda”, “Boyovut cotton textile” kabi fabrikalarga sayohat uyushtirilib, ular u yerdagi mehnat sharoitlari bilan tanishtirildi. Shu kuni yigirmaga yaqin bitiruvchi o‘quvchi kompyuter texnologiyalari, sanitariya epidemiologiya xizmati, tikuvchilik va boshqa yo‘nalishlarda mehnat qilish uchun shartnoma imzoladi, 50 ga yaqin yoshga huquqiy maslahat berildi.  

Sh.Suyarov,Sh. Ortiqboyev,(suratlar), O‘zA muxbirlari