English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar uchun foizsiz, garovsiz, imtiyozli kreditlar ajratiladi
10:56 / 2022-02-18

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan yoshlarning 100 ta eng ilg‘or investitsiya loyihalari tanloviga start berildi.

Tanlovni jamg‘arma hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklari ishtirokisiz moliyalashtirish, garov ta’minotisiz, 100 ming AQSH dollarigacha mablag‘ ajratiladi.

Tanlov shartlari bo‘yicha, top 3 (1-3 o‘rin olgan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar qaytarilmaslik sharti bilan, foizsiz, garov ta’minotisiz grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Top 20 (4-20 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar yillik 0 foiz dan 5 yilgacha, 1 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi.

Top 50 (21-50 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar yillik 10 foizdan 7 yilgacha, 2 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi.

Top 50 (51-100 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) talikka kiritilgan loyihalar yillik 14 foizdan 5 yillik muddatda, 1 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, loyiha 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan, o‘z biznes g‘oyasiga ega, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan yigit-qizlarga mo‘ljallangan.

Yosh tadbirkorlarning loyihalari joriy yilning 15 martigacha www.fursatloyiha.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi. Arizalar o‘rganilib, tasdiqlanganidan so‘ng, g‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun yetti yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, munosib ko‘rilgan loyihalarga Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida ishlab chiqarish uchun 1 000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi belgilangan.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA