Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yoshlar uchun bir kun» – hokim boshchiligidagi mutasaddilar jamoaga kayfiyat bag‘ishladi
10:04 / 2022-02-15

Paxtachi tumani «Nayman» mahallasining yoshlar yetakchisi O.Rustamov tashkilotchiligi bilan «Salomatlik uchun 5000 qadam» marafoni uyushtirildi.

Unda 200  nafar  maktab o‘qituvchilari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Bu tumandagi 38-sonli umumta’lim maktabida «Besh muhim tashabbus» loyihasi doirasidagi «Yoshlar uchun bir kun» shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Ertalabki jamoaviy  harakatlarning keyingi bosqichida o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ daholar – Alisher Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy dastur namoyish etildi.

Shuningdek, yosh ijodkorlar guruhi tomonidan «Shoir haftaligi» mushoira tadbirining ilk soni  ham o‘tkazilib, unda yosh shoir Jontemir Jondor ijodidan namunalar o‘qildi.

Tadbirga tuman hokimi M.Hamdamovning bir guruh rahbarlar va mutasaddilar bilan kelib qo‘shilishi, jamoa ruhiyatini yanada ko‘tardi. Shundan so‘ng ijodkor yoshlarga Paxtachi tumani gazetasi bosh muharriri S. Qurbonov tomonidan she’rdagi badiiylik, texnika, tashbehlardan unumli  foydalanishga oid maslahatlar berildi.
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yosh  shoir O‘lmasbek Samarqandiy yig‘ilganlarga  o‘z she’rlaridan o‘qib berdi.

– «Yoshlar uchun bir kun» tadbiri haqiqiy festivalga aylanib ketdi. Eshikdan kirishdanoq «Mehr daraxti» psixologik o‘yini, «Zakovat» bilimdonlar o‘yinining o‘tkazilishi, «Shoir haftaligi» mushoira tadbiri tashkil etilishida shijoat kerak aslida, – dedi O‘.Samarqandiy.

Tadbirning Respublika yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan Paxtachi tumanidagi 38- umumta’lim maktabiga yuborilgan  badiiy kitoblarning maktab jamoasiga  sovg‘a qilinishi bilan yakunlanishi nur ustiga a’lo nur bo‘ldi.

M.Pirnafasova,
Paxtachi tumanidagi  38-umumta’lim maktabining ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi