Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar uchun 15 sotixdan unumdor yer ajratilmoqda (+video)
17:59 / 2024-06-03

Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilayotgan 15 sotixli yer maydonidan bir yilda 2-3 martagacha hosil olish mumkin. Andijonlik yoshlar allaqachon ilk hosilni yig‘ish arafasida turibdi.

Bugungi kunda 16 mingdan ziyod andijonlik yoshlar dehqonchilik sirlarini puxta egallagan mirishkorga aylanmoqda.   

Xususan, Buloqboshi tumani   Toshkechik mahallasida ham ushbu qaror asosida 37 nafar yoshga 15 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan.    

Ular tomonidan mazkur yerlarga kartoshka, loviya, bulg‘or qalampiri, tarvuz kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bo‘lgan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirgan. Ko‘zlangan maqsad esa yuqori. Yerdan olingan foyda dasturxonlar to‘kinligi va oila daromadining oshishiga sabab bo‘ladi.   

<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/1ChjCfSfm7k" title="Yoshlar uchun 15 sotixdan unumdor yer ajratilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Yer olib ekin ekkan yoshlar bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning "You Tube" tarmog‘ida ko‘rishingiz mumkin.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA