Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida 314 ming 654 nafar yoshlar sayohat qildi
16:24 / 2024-01-12

Ma’lumki, joriy yilning 1-10 yanvar kunlari mamlakatimizda “Yoshlar turizmi haftaligi” tashkil etildi.

Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarga mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilish imkoniyati taqdim etildi.  

Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haftalik doirasida 314 ming 654  nafar 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi va talaba-yoshlarning respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlari tashkil etildi.  

Eng ko‘p sayohat Buxoro viloyati bo‘ylab tashkil etilgan va unda 54 ming 287 nafar yosh ishtirok etgan bo‘lsa, Navoiy viloyatida 41 ming 337 nafar o‘quvchi va talaba sayohatga chiqqan. 10 kun davomida Madaniy meros ob’ektlariga 148 ming 838 nafar, muzeylarga 74  ming 264 nafar, teatrlarga 52 ming 124 nafar, kinoteatrlarga 36 ming 338 nafar yoshlar tashrif buyurgan.  

Shuningdek, mamlakatda to‘siqsiz turizmni rivojlantirish borasida haftalik kunlarida 5 ming 449 nafar nogironligi bor yoshlarning qadimiy shaharlarga sayohatlari uyushtirildi.  Sayohat davomida imkoniyati cheklangan yoshlarga barcha qulayliklar berildi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, ushbu haftalik doirasida yoshlar uchun yo‘l va transport xarajatlariga, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalar berildi. Muzey va madaniy meros ob’ektlariga kirish esa mutlaqo bepul tashkil etildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA