Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar turizmi haftaligi” – chegirma va aksiyalar (+video)
09:21 / 2024-03-24

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Yoshlar turizmi haftaligi” tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi.

Jumladan, 20-31-mart kunlari  yoshlarni ta’til vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida diyorimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatini tashkil etish maqsadida “Yoshlar turizmi haftaligi” hamda mazkur haftalik doirasida chegirma va aksiyalar joriy qilingan.

Qolaversa, Navro‘z ayyomi arafasida e’lon qilingan chegirmalar respublikamizning barcha hududlardagi umumiy ovqatlanish joylari va joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ixtiyoriy tarzda taqdim etilmoqda.

Asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari, mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatini tashkil etish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakatimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Jamshid Gaziyev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida haftalik, yoshlar festivali va chegirma-aksiyalar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Videoni O‘zA YouTube tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/OguFitTkvu0" title="“Yoshlar turizmi haftaligi” – chegirma va aksiyalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,

Asliddin Alijonov (video), O‘zA