English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar turizmi haftaligi: bulung‘urlik o‘quvchilar Samarqandga sayohat qildi
13:46 / 2026-01-06

O‘quvchi-yoshlarning qishki ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Samarqand viloyatidagi maktablar o‘quvchilarining Samarqand shahriga sayohatlari uyushtirilmoqda.

Jumladan, kecha Bulung‘ur tumanidagi maktablarning 110 nafar iqtidorli va faol, ijtimoiy ko‘makka muhtoj o‘quvchilari qadimiy kentdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, muzeylar, yangi qurilgan bino va inshootlarni tomosha qildi. Ularga buyuk ajdodlarimizning tarixiy merosi, bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi. Viloyat musiqali drama teatrida o‘quvchilar uchun “Mahmudxo‘ja Behbudiy” spektakli namoyish etildi.

Yoshlar turizm haftaligi doirasida viloyatdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, muzeylarga kirish uchun o‘quvchilarga imtiyozlar berilgan. Bolalarning Samarqand shahriga sayohati maxsus avtobuslarda, xavfsizligi ta’minlangan holda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari kuzatuvi ostida amalga oshirilmoqda.

Viloyat turizm boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan 31 dekabr – 4 yanvar dam olish kunlarida Samarqandga 145 ming nafar mahalliy va 50 ming nafarga yaqin xorijlik sayyoh keldi. Talaba va o‘quvchi yoshlarning ushbu haftada davom etadigan qishki ta’til kunlarida bu raqamlar yanada oshishi kutilmoqda.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri