Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar texnoparki — shijoatli, izlanuvchan, tashabbuskor yoshlar uchun imkoniyat
19:07 / 2023-05-02

Sirdaryo viloyatida "Yoshlar texnoparki" rasman ish boshladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba yoshlar ishtirok etdi.

Texnopark faoliyati 4 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan. Bunda tanlovlar o‘tkazilib, ularda saralab olingan salohiyatli yoshlar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalari, g‘oyalari va loyihalari asosida yoshlar uyushmalarga a’zolikka qabul qilinadi.

Ikkinchisi, oliy ta’lim muassasalari, Yoshlar akademiyasi va Yoshlar parlamenti a’zolari safidan istiqbolli biznes loyiha va g‘oya egalari texnoparkka jalb qilinadi hamda ularning loyihalari rivojlantiriladi.

[gallery-11708]

Kichik ishlab chiqarishni tashkil etish – bu navbatdagi bosqichdir. Yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlarni bosib o‘tgan loyiha egalari Yoshlar texnoparkida kichik ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bunda ushbu loyiha egalariga 3 oy muddatga bepul ofis xonalari taqdim etiladi. Keyinchalik 50 foizlik ijara asosida doimiy qolish imkoni taklif qilinadi. Marketing strategiyasi ishlab chiqiladi, mahalliy va xorijiy investorlar, turli fondlar va biznes angellar mablag‘lari yo‘naltiriladi. Startap loyihalar uchun davlat grantlari ajratish ham ko‘zda tutilgan. Va nihoyat, bozorga moslashgan mahsulot yaratish bosqichiga o‘tiladi. Bunda texnoparkda yaratilgan mahsulotlarning bozorda xaridorgir bo‘lishiga amaliy ko‘maklashiladi.

Tadbir ishtirokchilari viloyatda tijoratlashtirish va startap loyihalari doirasida ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan ham tanishishdi.

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng, tuman va shaharlar hokimlari ishtirokida davlatimiz rahbarining Sirdaryoni ilg‘or innovatsiyalar hududiga aylantirish borasidagi topshiriqlari ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Sh.Suyarov, Sh. Ortiqboyev (surat), O‘zA