Bu marafon yoshlarning istiqbolli g‘oyalari, orzu-intilishlari va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan eng yirik harakatdir.
Mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyati va iste’dodini rivojlantirish hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur marafon davomida yurtimizning barcha tumanlarida tadbir va loyihalar taqdimoti o‘tkaziladi.

Jumladan, “Yosh kitobxon” tanlovining 1-2-bosqichlari, “Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi, o‘quv markazlari forumi, sardorlar saylovi tuman va shahar bosqichi, “Men donorman” aksiyasi hamda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun inklyuziv ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Shuningdek, olimlar, IT-mutaxassislar, startapchilar, tadbirkorlar, mashhur sportchilar, san’atkorlar va kontent yaratuvchilar ishtirokida yoshlar uchun mahorat darslari va uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Eng iqtidorli, eng faol va bilimli yoshlar “Hudud qahramonlari” sifatida tanlab olinadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA