Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tashabbusi bilan “Savobli ish” aksiyasi o‘tkazilmoqda
18:24 / 2023-01-15

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan shahar va tumanlarda “Savobli ish” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Bugungidek sinovli kunlarda odamlarga yaxshilik qilish xalqimizga xos insoniylik fazilatlarning biridir. Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari va yoshlar yetakchilari o‘zlarining shaxsiy avtomashinalarida aholiga bepul xizmat ko‘rsatmoqda.

– Ushbu tashabbusimizni tadbirkorlar va ko‘ngillilar ham qo‘llab-quvvatlamoqda, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi axborot va media bo‘limi rahbari Paraxat Qazaqboyev. – Jumladan, Nukus shahrining o‘zida o‘tgan kuni 50 tadan ziyod avtomashina aholiga bepul xizmat ko‘rsatdi. Birgina “Ajiniyoz Qoraqalpoq” xususiy korxonasi tomonidan qo‘yilgan 5 ta avtobus bilan aholini o‘z  manzillariga bepul yetkazmoqda. Shahar markazidagi avtoturargoh ham bepul xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, haydovchilarga va yo‘lovchilarga  issiq choy tarqatilmoqda.

Xalqimizda savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak, degan ibora bekorga aytilmagan. Shunday ekan, qoraqalpog‘istonlik yoshlarning hozirgi sinovli kunlardagi savobli tashabbusi tahsinga sazovor.

Dovud Abibullayev, O‘zA