Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan mutaxassis
11:24 / 2026-02-17

FOTOREPORTAJ

Surxondaryolik Matluba Sahiyeva 2018-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Yoshlikda bildirilgan yuksak ishonch bugun o‘z samarasini berib, u jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, tashabbuskor va ziyoli ayol sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Matluba Sahiyeva — psixolog, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), ta’lim va jamoat boshqaruvi sohalarida katta tajribaga ega mutaxassis. Faoliyati davomida Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, oliy ta’lim muassasalari hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasida mas’ul lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

Ayniqsa, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirish borasidagi faoliyati e’tiborga molik. U 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, o‘quv hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiya muallifi. Ilmiy izlanishlari yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishning psixologik jihatlariga bag‘ishlangan.

[gallery-27696]

Qahramonimiz 1991-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotni O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Termiz davlat universitetida olgan. Qator respublika va viloyat ko‘rik-tanlovlari g‘olibi.

Ayni paytda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida dotsent sifatida faoliyat yuritib, yosh avlod tarbiyasi va ilmiy salohiyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA