Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tarbiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi
11:40 / 2025-11-25

Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunga hurmat asosida tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda senator Zumrad Bekatova hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Olga Niyazova ishtirok etib, yosh avlodni ma’naviy barkamol, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash  bugungi kunning eng muhim vazifalaridan ekanligini ta’kidlashdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning ongida yuksak ma’naviyatning barqaror rivojlanishi  jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlashning muhim shartidir.

Bugungi kunda zararli axborot oqimlari, turli tashqi ta’sir va xatarlar kuchaygan bir sharoitda yoshlarning mustaqil fikrlashi, to‘g‘ri qaror qabul qila olishi,  ularning hayotiy pozitsiyalarini to‘g‘ri shakllantirishga ko‘maklashish dolzarb vazifalar hisoblanadi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida ma’naviy immunitetni mustahkamlash, ularga to‘g‘ri axborot yetkazish, huquqiy madaniyatni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashilib, taklif va tashabbuslar tinglandi.

Uchrashuv yakunida yoshlar o‘rtasida bunday targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilishi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri