Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida qanday ishlar qilinmoqda?
14:32 / 2019-04-27

Qashqadaryoda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik loyihalarini amaliyotga joriy etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.


Qashqadaryoda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik loyihalarini amaliyotga joriy etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi Yakkabogʻ tuman filiali tomonidan 2018 yilda 3395 million soʻm mablagʻ ajratilib, 13 nafar yosh oʻztadbirkorlik faoliyatini boshladi. Bu 75 nafar yoshning bandligi taʼminlash imkonini berdi.

Yosh tadbirkor Rustambek Ergashev qishloq sharoitida yoshlarning boʻsh vaqtini unumli oʻtkazishi uchun trenajyor zali tashkil etib, 3 ta yangi ish oʻrni yaratdi. Hozirda 100 dan ortiq qishloq yoshlari zamonaviy sharoitlarda sport bilan muntazam shugʻullanmoqda.

Yana bir yosh tadbirkor “Azizbek qandolatchi” xususiy korxonasi rahbari Jahongir Salimov jamgʻarma mablagʻi evaziga Eron davlatidan zamonaviy uskunalar keltirib, qandolat va non mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Hozir bu yerda 30 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisi ish bilan taʼminlangan.

Joriy yilda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi Yakkabogʻ tumani filialiga oʻz biznes rejasi bilan murojaat qilgan yoshlarning biznes loyihalari asosida yana 750 nafar yoshning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

4 (1).jpg

5 (1).jpg

10 (1).jpg