Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tadbirkorligi yangi bosqichga yo‘naltirilmoqda
18:40 / 2026-01-13

Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan "BIZ COMBINATOR" loyihasi doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Tadbirda qayd etilganidek, "BIZ COMBINATOR" — bu yoshlarni shunchaki biznesga jalb qilish emas, balki ularni tizimli fikrlaydigan, global raqobatbardosh va barqaror tadbirkorlar sifatida shakllantirishga qaratilgan kompleks platforma.  

Taqdimotda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha ta’lim, mentorlik va akseleratsiya yo‘nalishlari atroflicha tahlil qilinib, ularning iqtisodiy samaradorligi, real biznes natijalari hamda xalqaro tajribalar asosida kengaytirish rejalari muhokama etildi.

Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun amaliy biznes va akseleratsiya dasturlarini joriy etish, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida mentorlik va individual qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, "BIZ COMBINATOR"  orqali yoshlarni masofaviy tadbirkorlik ta’limi bilan qamrab olish hamda innovatsion biznes tashabbuslarini moliyaviy va strategik jihatdan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, mazkur yo‘nalishlar natijasida yoshlar "BIZ COMBINATOR" platformasi orqali bilim bilan birga real biznes modeli va bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur tashabbus yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda davlat va xususiy sektor hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA