English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda
15:07 / 2025-07-29

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarda yoshlar tadbirkorligi va ularning bandligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi, samarali qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etildi. Xususan, "Yoshlarni eshitamiz" loyihasi doirasida yoshlar biznesi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Shunga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuzilgan Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublikasi komissiyasi a’zolari tomonidan hududlarda uyushmagan yoshlar va yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.   

Uchrashuvlarda yoshlar bilan bevosita suhbatlar tashkil etilib, ularning biznes g‘oyalarini shakllantirish va moliyalashtirish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi. Jumladan, Aloqabank, “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi”,  “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi va boshqa banklar orqali loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqildi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida tashkil etilgan  ana shunday tadbirlarda ko‘plab muammolar qatorida yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.  

Mas’ullarning qayd etishicha, mazkur uchrashuvlar belgilangan reja-grafik asosida barcha viloyatlarda bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA