Yoshlar stol tennisida kuch sinashdi
Ma’lumki, 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan joriy yilning iyun oyi – Yoshlar oyligi etib belgilandi. Shunga ko‘ra, iyun oyi davomida mamlakatimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida “mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika” darajasida yoshlar festivallari, forum, tanlov va musobaqalar tashkil etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi sport majmuasida stol tennisi musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning Toshkent shahar bosqichiga yetib kelguncha poytaxtimizning barcha mahalla fuqarolar yig‘inidan jami 12 mingdan ortiq yosh “mahalla-sektor-tuman” darajasida kuch sinashdi va 100 nafardan ziyod yoshlar shahar bosqichiga yetib keldi.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha 12 nafar yigit-qiz stol tennisi musobaqasining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA