Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar sportning “Yengil atletika” yo‘nalishi bo‘yicha bellashdi
13:50 / 2023-05-17

Ma’lumki, shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kitobxonlik, madaniyat va san’at festivallari qatorida intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Mirobod tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning “Yengil atletika” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarimiz 11-15, 16-21, 22-26 hamda 27-30 yosh toifasida bahs olib bordi. Murosasiz ruhda kechgan uchrashuvlarda   g‘olib bo‘lgan yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ko‘rsatilgan bo‘lib, xususan, unda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 2026 yilga borib 33 foizga yetkazish, yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish, milliy olimpiada sport o‘yinlarini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, uni yuqori darajada tashkil etish hamda g‘olib va sovrindorlarni munosib rag‘batlantirish vazifalari belgilangan.

Shunga ko‘ra, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida joriy yilning aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar raqs festivali” tanlovi, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan gimnastrada, quvnoq startlar, yengil atletika, mini-futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, futbol,stritbol, vorkout bo‘yicha respublika sport musobaqalari “Yoshlar kubogi” kibersport musobaqalari hamda  ilk marotaba yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan tikuvchilik, sartaroshlik, hunarmandchilik tanlovlari bo‘lib o‘tmoqda.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA