Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar "Sport, sog‘lomlashtirish va vatanparvarlik" loyihasida ishtirok etdi
09:03 / 2021-12-17

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan yoshlar oyligining oldingi yillarga nisbatan farqli jihati shundaki, bu yilgi dastur yoshlarning har bir qatlami uchun mo‘ljallangan loyiha va tadbirlarni o‘z ichiga oldi.

Jumladan, yoshlar oyligi doirasida Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi shahar boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi, Davlat xavfsizlik xizmati, Toshkent shahar IIBB hamda qator tashkilotlar hamkorligida "Sport, sog‘lomlashtirish va vatanparvarlik" loyihasi amalga oshirilmoqda. 



Mazkur loyihada ishtirok etayotgan yoshlar ayni kunlarda Chirchiq dala o‘quv maydonida ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, taktik tayyorgarlik, amaliy o‘q otish, harbiy tibbiy tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik va o‘q otish simulyatsiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmoqda.  



Shuningdek, yoshlar bilan Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da malakali psixologlar ishtirokida uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA