Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar siyosati yo‘nalishidagi ishlar – press-tur markazida
12:07 / 2026-02-20

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Dastlab tuman hokimligida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i F. Xo‘jabayev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Qayd etilganidek, tumanda 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ularda 30 yoshgacha bo‘lgan 22 ming 706 nafar yosh istiqomat qiladi.

2025-yil davomida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar hayotga tatbiq etildi. Xususan, «Yoshlar balansi»ni shakllantirish maqsadida 14–30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida qayta xatlov o‘tkazildi. Unga ko‘ra, «yashil» toifada 7 ming 677 nafar, «sariq» toifada 2 ming 692 nafar, «qizil» toifada esa 329 nafar yosh ro‘yxatga olingan.

Yil yakuniga qadar 261 nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Jumladan, 89 nafari doimiy ish o‘rniga joylashtirildi, 74 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi, 8 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Shuningdek, 6 nafar yoshga yer maydoni berildi, 8 nafar yigit muddatli harbiy xizmatga kuzatildi, 13 nafari tartibli mehnat migratsiyasi orqali ishga jo‘natildi, 63 nafar yosh esa o‘zini o‘zi band qildi.

[gallery-27766]

Matbuot anjumanida «Yoshlar daftari» va «Yoshlar daftari jamg‘armasi», «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida amalga oshirilgan ishlar, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-profilaktik va madaniy tadbirlar, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasidagi chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Press-tur doirasida jurnalistlar «Dehqonobod» ovul fuqarolar yig‘inidagi tikuvchilik sexi, «Madaniyat» mahallasidagi xususiy fotosalon, «Yoshlar markazi» hamda Shumanay tuman sport maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA