Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar siyosati va sport vazirligida Xitoyning “Defang” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
16:42 / 2023-12-18

Ma’lumki, 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yurtimizda o‘tkaziladi. Shu bois, Olimpiya shaharchasida mazkur musobaqalar dasturiga kiritilgan barcha sport turlari uchun sharoit bo‘ladi. Uning maydoni 100 gektar. Asosiy inshootlar – 10 ming o‘rinli stadion va 2 ming tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualaridir.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlarining ochilish hamda yopilish marosimlarida o‘z xizmatini tavsiya etayotgan Xitoyning “Defang” kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

[gallery-15111]

O‘zA fotomuxbiri Muhammad AMIN olgan suratlar.