Poytaxtimizdagi “Navro‘z” bog‘ida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Toshkent yoshlarni sevadi!" shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi. Unda 2 mingdan ortiq yosh ishtirok etdi.
Ma’lumki, mamlakatimizda 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi. Oylik doirasida respublika tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasida poytaxt shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, “Toshkent yoshlarni sevadi!" shiori ostida barcha hududlarda yoshlar sayllari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar “mahalla – tuman (shahar) – hudud” darajasida tashkil etilishi belgilandi.
[gallery-12300]
Shuningdek, oylik doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi” tanlov va musobaqalarining shahar bosqichi o‘tkazildi. Undagi “Kasblar tanlovi”da 5 yo‘nalish bo‘yicha har bir tumandan tashrif buyurgan yoshlar bellashdi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlar esdalik sovg‘alar, diplom va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Gulnoza Boboyeva,
Davron Ernazarov (surat), O‘zA