Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar sayli faollik va hamjihatlik ifodasi bo‘ldi
09:10 / 2023-04-03

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyi ochiq sahnasida “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan yoshlar sayli hamda gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona politexnika instituti bo‘lim boshlig‘i, yosh olim Bekzod Abduxalilov, Farg‘ona davlat universiteti doktoranti, yosh olima, “Kelajak bunyodkori” mukofoti sohibasi Zarnigor Ubaydillayeva mamlakatimizda yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Bosh Qomusimizga xalqimizning taklif va tashabbusi bilan bir qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Mazkur jarayonda yoshlar yo‘nalishiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshayotgani, yoshlar bilan bevosita bog‘liq 6 ta modda qo‘shilayotgani mazkur loyihaga yoshlarning qiziqishini oshirmoqda. Targ‘ibot tadbiri davomida shular xususida ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli rejissyor, Hilol Nasimov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor Anvar Azimov, aktyor va xonanda Rasulxon Qodirxonovlar ham o‘z chiqishlarida yoshlarni muhim siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslikka chorladi.

Gala-konsert dasturi doirasida respublika va viloyatdagi taniqli san’atkorlar, estrada xonandalarining dasturi yoshlarga manzur bo‘ldi. “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar sayli yakunida namoyish etilgan mushakbozlik tadbir ishtirokchilariga hush kayfiyat ulashdi.

M.Sulaymonov,  

O‘zA