Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar sanoat zonasidagi imkoniyatlar bilan tanishdi
11:31 / 2025-09-29

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanidagi Sohil mahallasi joylashgan “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasiga maktab bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar uchun sayohat tashkil etildi. 

Tashrifdan maqsad yoshlarni turli kasb-hunarlarga qiziqtirish, ularning bandligini ta’minlash va mehnat bozorida munosib o‘rin topishiga ko‘maklashishdan iborat.

200 nafardan ortiq o‘g‘il-qiz avtomobillarga xizmat ko‘rsatish markazlari hamda mahalliy mebel ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ularga turli kasb-hunarlar va ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

[gallery-25510]

10 gektar maydonda tashkil etilgan mazkur zonada 113 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, yiliga 500 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati va 4 ming 800 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, tadbirkorlar va xonadonlar kooperatsiya asosida ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan.

Zonada ishsiz fuqarolarni qayta o‘qitish va kasb-hunarga yo‘naltirish imkoniyatlari ham mavjud. Bu esa yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin topishiga xizmat qilmoqda.

Hotam MAMADALIEV, O‘zA