Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar referendumda faol qatnashmoqda
17:45 / 2023-04-30

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi Abdulla Qoliriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika unversiteti binosida joylashgan 36-referendum uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Bugun Jizzax viloyati bo‘yicha 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 256 ming 255 nafar yigit-qizlar o‘z hayotlarida birinchi marta Yangi O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga munosabat bildirib ovoz bermoqda.  

–Umumxalq referendumida birinchi marta ishtirok etayotganimdan juda ham baxtiyorman, – deydi JDPU birinchi bosqich talabasi Diyor Tojiyev. – Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdim  va ushbu yangilangan Bosh qomusimiz mening, nafaqat mening, balki barcha tengqur do‘stlarimning e’tibor va e’tirofiga sabab bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Mamlakatimizning yangi tahrirdagi Asosiy qonuni haqida fikr yuritadigan bo‘lsam, uning har bir moddasida inson manfaatlari yotganiga guvoh bo‘ldim.  

Men o‘zim va butun O‘zbekiston yoshlari kelajagi uchun ovoz berdim.  

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA