Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar qiziqishiga ko‘ra qo‘llab-quvvatlanmoqda
08:04 / 2023-06-03

FOTOREPORTAJ

Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir oliy ta’lim muassasasi rektorlariga 50 nafardan ehtiyojmand va e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilgan edi. O‘tgan qisqa vaqt davomida bu yoshlar bilan ko‘p bora yuzma-yuz muloqotlar hamda «Rektor va yoshlar» uchrashuvlari o‘tkazildi, aksariyat yoshlarning muammolariga ijobiy yechim topildi va bu jarayon qizg‘in davom etmoqda.  

Xususan, Namangan davlat universitetiga biriktirilgan Pop tumanida istiqomat qiluvchi 51 nafar e’tiborga muhtoj o‘g‘il-qiz bilan universitetda tuzilgan ishchi guruhi a’zolari muntazam ish olib bormoqda.

Ishchi guruhi a’zolari tumanning Kelachi va Iftixor mahallalarida bo‘lib, yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar. Shu o‘rinda ushbu mahallalarda yashovchi Dostonbek Rahmonaliyev hamda Bahrom Tursunovlar haqida alohida to‘xtalib o‘tishimiz joiz. Ular - nogironligi bo‘lgan yoshlar, biroq hayotda ularning aniq maqsadi va orzulari bor.  

[gallery-12208]

Dostonbek san’atni sevadi, rubobda kuy chalish va qo‘shiq aytishga qiziqadi. Milliy san’atimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shishni istaydi. U shu paytgacha o‘z cholg‘u asbobiga ega bo‘lishni orzu qilardi.  

Namangan davlat universiteti mas’ullari uning bu orzusini ushaltirdi. Unga rubob cholg‘u asbobi sovg‘a qilindi. Dostonbek bunday e’tibor va tuhfadan nihoyatda quvondi.

Iftixor mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Bahrom Tursunov ham nogironligi bo‘lgan yoshlardan biri. Biroq u doim o‘z kuchiga ishonadi. Halol mehnat qilib, oilasiga naf keltirishga ahd qilgan. Bu yo‘lda elektr payvandlashni ham o‘rgangan.  

Universitet tomonidan B. Tursunovga elektr payvandlash uskunasi taqdim etildi. Endi u o‘z daromadiga ega bo‘ladi, o‘z-o‘zini ish bilan band etadi.

Biriktirilgan yoshlar orasida ular kabi e’tibordan ruhlangan, undan kuch olayotgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Eng muhimi - har bir yigit-qizning hayotda va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi. Namangan davlat universiteti rahbariyatining bu maqsad yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani yanada quvonarli.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA