English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar poytaxtga sayohat qildi
16:35 / 2023-06-14

Yangiyer shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning farzandlari hamda faol yoshlardan iborat o‘g‘il-qizlarni boy tariximizga, qadimiy obidalar va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi.

Sayohatni tashkil qilishdan maqsad yosh avlodni vatanparvarlik, xalqimiz tarixi va buyuk ajdodlarimiz merosi bilan faxrlanish ruhida tarbiyalashdan iborat. Dastlab yosh sayohatchilar Zangiota ziyoratgohida bo‘ldi.

Shundan so‘ng, bolalar Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi. Tushlikdan so‘ng sayohat ishtirokchilari Amir Temur va Temuriylar davri haqida hikoya qiluvchi “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurib, u yerda Sohibqiron tomonidan barpo etilgan qudratli davlat, buyuk ajdodimizning ulkan bunyodkorlik ishlari, Buyuk ipak yo‘li, Amir Temur shajarasi va boshqa shu kabi tarixiy boy madaniyatga ega bo‘lgan sulola haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi.  

Sh.Suyarov, O‘zA