Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamentining yangi tarkibidan faollik talab etiladi
15:11 / 2023-04-11

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Markaziy apparati tomonidan «Yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlar huquq va manfaatlari» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda partiya Siyosiy Kengashi rahbariyati va Markaziy apparat xodimlari hamda partiyadan Yoshlar parlamentining yangi tarkibiga saylangan faol yoshlar ishtirokida ochiq muloqot qilindi.

Tadbirni partiya Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov «Adolat» SDPdan ilgari surilgan nomzodlardan 24 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar parlamentiga saylanganini ta’kidlab, faol yoshlarni saylov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutladi.  

– Yoshlarning faol vakili sifatida parlamentda faoliyat olib borasiz. Sizlarning oldingizda muhim vazifalar turibdi. Yoshlar parlamenti faoliyatida yoshlarning manfaati, haq-huquqlari va kamolotiga daxldor yangi tashabbuslar va takliflarni yuzaga chiqarish, joylarda yoshlarning muammo hamda takliflarini o‘rgangan holda qonunchilikka yangi takliflarni kiritishda sizlardan faollik talab etiladi. Shuningdek, bugungi kundagi siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi referendumi oldidan joylarda tashkil etilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyatini aholiga, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishda ham faollik ko‘rsatib, tengdoshlaringizga konstitutsiyaviy islohotlar ahamiyatini keng tushuntirishingiz lozim. 

Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari ham tinglandi. Shuningdek, partiya rahbariyati, faollar, ekspertlar hamda partiyaning «Yosh adolatchilar» qanoti a’zolari ishtirokida tizimli ravishda siyosiy-o‘quv tadbirlarini muntazam tashkil etib, Yoshlar parlamenti a’zolarining bilim va malakalarini doimiy oshirib borish, a’zolar faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.  

M.Komilova, O‘zA