Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar parlamenti” – yoshlarimizning siyosiy faolligini taʼminlashga xizmat qiladigan haqiqiy maydondir
16:53 / 2020-08-17

Parlament quyi palatasida “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri hamda siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuvi oʻtkazildi.


Parlament quyi palatasida “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri hamda siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda Spiker yangi tashkil etilgan "Yoshlar parlamenti” xususida fikrlarini bildirdi:

– “Yoshlar parlamenti” shakllantirilishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga oid siyosat masalalariga koʻrsatilayotgan eʼtiborning natijasi boʻlib, davlat boshqaruvi tizimida qarorlar qabul qilishning barcha jarayonlariga yoshlarni jalb etishdan Oʻzbekiston manfaatdor ekanligining yorqin dalilidir. “Yoshlar parlamenti” yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning siyosiy-huquqiy bilim va koʻnikmalarini boyitish, qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, qabul qilingan qonunlarni yoshlar orasida keng targʻib qilishda Oliy Majlisga va davlat hokimiyatining boshqa organlariga samarali yordam beradi, deb ishonamiz.

Bugungi kunda yoshlar kelajagi uchun amalga oshirilayotgan har bir islohot ularning jamiyatimizdagi oʻzgarishlarga nisbatan daxldorlik hissini, masʼuliyatini oshirishga koʻmaklashmoqda. Shu jihatdan, “Yoshlar parlamenti” – shunchaki oddiy tuzilma emas, balki yoshlarimizning siyosiy faolligini taʼminlashga xizmat qiladigan haqiqiy maydondir.