O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti va Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va demokratik madaniyatni oshirishga qaratilgan.
Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- ma’rifiy va tahliliy tadbirlar (seminar, forum, davra suhbatlari) o‘tkazish;
- yoshlar tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash;
- davlat siyosati yuzasidan media kontentlar tayyorlash;
- xalqaro grantlar asosida qo‘shma loyihalar amalga oshirish;
- qonunchilik tashabbuslari va jamoatchilik nazoratida yoshlar ishtirokini kuchaytirish.
Shuningdek, memorandum doirasida ishchi guruhlar tashkil etilib, hamkorlik doirasidagi loyihalarni muvofiqlashtirish va baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Memorandum har ikki tashkilot uchun yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda faol va mas’uliyatli avlodni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/jORQTeA4dlE?si=pP5y8HYKDdAhfV4h" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Nishonboy Abduvoitov, Ulug‘bek To‘xtayev
O‘zA