Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamenti va «Vatandoshlar» fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi (+video)
17:05 / 2026-02-25

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda «Vatandoshlar» jamoat fondi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, ayniqsa yoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning salohiyatini Vatan taraqqiyotiga yo‘naltirish va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida:

🔹xorijdagi yosh vatandoshlar va diasporalar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

🔹o‘zbek tili, madaniyati va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish;

🔹ilmiy, ma’rifiy va madaniy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

🔹investitsiyaviy va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish;

🔹yoshlarning huquqiy ongi va xalqaro hamkorlik salohiyatini oshirish;

🔹qo‘shma media loyihalar va onlayn/oflayn tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Uchrashuvda 60 nafar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, 10 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari, onlayn «Vatandoshlar» jamoat fondining xorijiy mamlakatlardagi vakillari va yosh vatandoshlar ishtirok etdilar.

Ushbu hamkorlik xorijdagi vatandosh yoshlarni tarixiy Vatan atrofida yanada jipslashtirish, milliy o‘zlikni asrab-avaylash va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va navbatdagi parlament sayloviga qadar amal qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xOtvtNdMXlg" title="Yoshlar parlamenti va «Vatandoshlar» fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA