Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamenti va Jamoatchilik kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
16:55 / 2026-03-03

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishida tizimli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslar amalga oshiriladi:

➡️ ekologik aksiyalar va ommaviy tadbirlar tashkil etish;

➡️ tanlovlar, ekspeditsiyalar, seminar va forumlar o‘tkazish;

➡️ atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;

➡️ yoshlarning ekologik ongini oshirishga xizmat qiluvchi targ‘ibot va axborot kampaniyalarini amalga oshirish.

Tomonlar mazkur memorandum ekologik barqarorlikni ta’minlash, yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Ma’lumot uchun, Hamkorlik hujjati ikki institut o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hw-Ggl09poM" title="Yoshlar parlamenti va Jamoatchilik kengashi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA