Yoshlar parlamenti poligonda (+video)
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Mudofaa vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yosh siyosatchilar joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkent harbiy okrugi dala o‘quv poligonida harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Kun davomida, yosh siyosatchilar harbiy xizmatchilar bilan birgalikda tushlik qilib, ularning hayoti bilan yaqinroq tanishdilar.
Tushlikdan so‘ng, harbiy xizmatchilar bilan birgalikda poligonda dala chodirini tiklash, otishga tayyorgarlik ko‘rish kabi mashqlar, AK-74 va RPK-74 o‘quv qurollaridan 12-13 me’yorlarni bajarish va zamonaviy qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi hamda yosh harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy texnika, qurol-aslaha va anjomlar hamda kiyim-kechak, oziq-ovqatlar ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fZf5nlJHXEw" title="Yoshlar parlamenti poligonda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Oybek DAVRONOV
Asliddin ALIJONOV, Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA