Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamenti: eng saralar g‘olib bo‘ldi
16:57 / 2023-02-20

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligi uchun o‘tkazilayotgan saylov jarayonlari tobora qizg‘in pallaga kirmoqda.

Dastavval, partiya Buxoro viloyati kengashida tuzilgan hududiy saylov hay’ati tomonidan 24-Kogon, 27-Varaxsho hamda 28-Poykent saylov okruglaridan saylovda ishtirok etish istagini bildirgan 111 nafar yoshlarning hujjatlari qabul qilindi.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning Nizom talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqilib, saralangan 37 nafar nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etildi.

Saylov okruglaridan navbatdagi bosqichga o‘tgan nomzodlarni Hay’at a’zolari bilan suhbat taqdimoti o‘tkazildi.

–Saylov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etildi, – deydi partiya viloyat Kengashi raisi Maxsud Muxammedov. – Muloqot jarayonida asosiy e’tibor nomzodlarning parlament sohasidagi bilim va tajribasi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflari, davlat boshqaruvidagi bilim va tasavvurlari, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar haqidagi qarashlari, erishgan yutuqlari hamda partiya Saylovoldi dasturiga oid taqdimoti kabi omillarga qaratildi. Albatta, ushbu saylov yoshlar hayotida muhim o‘rin tutadi va ular kelajagi uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.

Taqdimotlar Hay’at a’zolari tomonidan nomzodlarga huquqiy-siyosiy savodxonligi bo‘yicha bilim darajasi 5 ballik tizim asosida yopiq ovoz berish yo‘li bilan baholandi. G‘oliblar Yoshlar parlamenti saylovining respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Zarif Komilov, O‘zA