Mamalakatimizda joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligi uchun saylov o‘tkazildi.
Yoshlar parlamenti a’zoligiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 24-Kogon saylov okrugi bo‘yicha Rustamjon Rahimboyev saylandi. Yoshlar parlamenti a’zosi Buxoro davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi. Yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida” gi qonunining mazmun-mohiyati, volontyorlik faoliyati, volontyorning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
— Volontyorlik faoliyatini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarda liderlik mahoratini oshirish, — deydi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Rustamjon Rahimboyev. – Ularda sog‘lom fikr va sog‘lom ongni shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik hissini rivojlantirish, loqaydlik, beparvolik asoratlarini yo‘qotishdir. Huquqiy va madaniy ongini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik davlat barpo etishda yoshlarning munosib ishtirokini ta’minlashdan iborat.
Suhbat so‘ngida talabalarning savol va takliflari tinglandi. Kerakli maslahatlar berildi.
Zarif Komilov, O‘zA