Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamenti a’zosi “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari huzurida
14:10 / 2020-11-08

Oliy Majlis Senati huzurida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti a’zosi Sardor G‘afforov Navoiy shahridagi “Mehribonlik uyi”da bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘g‘il-qizlar bilan dildan suhbat qurdi.

O‘rganish natijalari va yoshlar bilan muloqot asnosida Sardor G‘afforov “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilarini voyaga yetganidan so‘ng uy-joy bilan ta’minlash tizimini joriy etish, ular uchun kvotalangan ish o‘rinlarini tashkil etish, shaxsiy fazilatlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratish, ularni uy sharoitiga yaqinlashtirilgan muhitda ulg‘aytirish tizimini yanada takomillashtirish, muassasada faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning doimiy ravishda ham psixologik, ham nazariy bilim va ko‘nikmalarini boyitib borish tizimini yo‘lga qo‘yish kabi taklif va mulohazalarini ilgari surdi.

Suhbat davomida Yoshlar parlamenti a’zosi S. G‘afforov muassasa tarbiyalanuvchilari bilan yangi loyihalar doirasida tez-tez uchrashib turishga kelishib oldi. Muassasa kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini topshirdi.