French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamenti a’zolari Buxoroda
17:22 / 2026-02-27

Buxoro davlat pedagogika institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Yoshlar parlamenti a’zosi Sirojiddin Po‘latov so‘zga chiqib, davlat rahbari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik va startap tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish, biznes-inkubatorlar tashkil etish, xorijiy til va kasb-hunarga o‘qitish, volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha qator yangi dasturlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Yoshlar parlamenti a’zosi Sagina Zarifova ham ma’ruza qilib, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ayniqsa startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirish, venchur jamg‘armalari orqali yoshlar tashabbuslarini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida to‘xtaldi. U startaplar yoshlarning zamonaviy bilim va salohiyatini namoyon etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, hududlar iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishda muhim omil ekanini ta’kidladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri