Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Yoshlar Paraosiyo o‘yinlari start oldi. Unda qit’amizning 35 davlatidan 1 ming 312 nafar para atletlar bahs olib bormoqda.
Bugun, 10 dekabr kuni musobaqaning ilk kunida yurtimiz delegatsiyasining 16 nafar a’zosi para pauerlifting, para suzish va bochcha yo‘nalishlarida bahs olib boradi.

Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan bahslarda para pauerlifting bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Majrona Toshmuhammadova (45 kg) o‘z vazn toifasida 64 kg. natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha Tursinoy O‘roqboyeva, Nizomiddin Xayriddinov, Nurillo Inoqiddinov, Abdulloh Abdulazizov, Bahriddin Xolbo‘tayev, Gulsanam Sobirova, Mukarram Ergasheva, Sevinchoy Yusupova, para suzishda Sardor Baxtiyorov, Alijon Nekov, Muhammadfozil Rasulov va Aziza Karimova, bochcha bo‘yicha Nizomiddin Xayriddinov va Akobir Shamsiddinov medallar uchun raqobatlashadi.
Darvoqe, mamlakatimiz vaqti bilan 19:30 da O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida qatnashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA