Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari bilan bo‘lishdi
16:39 / 2026-02-20

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ko‘plab yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, zamonaviy jurnalistika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan kreativ taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida talabalarga agentlik huzurida tashkil etilgan, yoshlar uchun ommabop bo‘lgan yirik loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda bo‘lajak media vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi va kelgusida ushbu loyihalarni yoritish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Tadbirda qayd etilganidek, ushbu uchrashuv talabalar uchun nafaqat yangi imkoniyatlar eshigini ochish, balki o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va kelajakning kuchli media makonini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA