Yoshlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasiga takliflar berishdi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida tushuntirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish, bunda barqaror iqtisodiy o‘sish, yangicha ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, bandlikni ta’minlash, qulay ekologik sharoitlarni yaratish masalalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari texnologiya va sanoatning jadal rivojlanishi, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarining dolzarbligi yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan bir qator takliflar shu yerning o‘zida uzbekistan2030.uz platformasiga kiritildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri