Yoshlar o‘zaro bellashdilar
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi tashabbusi hamda viloyat sport boshqarmasi hamkorligida Navoiy shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida Mustaqilligimizning 34 yilligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida yosh xodimlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Dastlab so‘zga chiqqanlar bu kabi tadbirlar yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, hamkorlik muhitini rivojlantirish va sport orqali salomatlikni tiklashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Sport maktabi psixologi Sevara Rajabova, erkaklar o‘rtasida esa Navoiy viloyati SEO va JSB bo‘limi boshlig‘i Doston Sayfullayev qo‘lga kiritdi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.


A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri