French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlarda yoshlar faol ishtirok etdi
16:18 / 2025-07-09

AOKAda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yildan buyon mamlakatimizda 30 iyun – “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Joriy yilda ham iyun oyi respublikada “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib, uning doirasida respublikamizning barcha hududlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”, rassomlar ko‘rgazmalari, mushoira kechalari, vazirlik va idora rahbarlari, hokimlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlari tashkil etilib, 10 milliondan ortiq yosh qamrab olindi.

“Yoshlar kuni” munosabati bilan faol va iqtidorli yoshlar, tanlov va musobaqalar g‘oliblari rag‘batlantirilib, hududlar markazlarida tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Xalqaro miqyosda AQSH, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Turkiya, BAA, Misr, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Latviya, Litva, Estoniya davlatlaridagi yosh vatandoshlarimiz uchun “Yoshlar forumi” tashkil etildi.

Global yoshlar festivalining “Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlik haftaligi” yakuniy sessiyalari o‘tkazildi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida iyun oyi davomida agentlik, uning hududiy boshqarmalari va hamkor vazirlik va idoralar tomonidan jami 14 mingdan ortiq tadbir tashkil etilib, mazkur tadbirlarga jami 417  ming nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilindi.  

Jumladan, “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari orqali 52 ming nafar yosh qamrab olindi.

Shuningdek, “Yoshlar turizmi” oyligi tadbirlariga 20 ming nafar yosh jalb qilindi. O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 42 ming nafar yosh ishtiroki ta’minlandi.

Bundan tashqari, “Kurash” veb-seriali, “Bek va Lola”, “Beruniy sarguzashtlari”, “Yashil makon” multseriallari namoyishi hamda turli madaniy tadbirlarga 285 ming nafar yosh qamrab olindi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA