Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar oyligi” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
16:39 / 2023-06-05

Yurtimizda 3 iyundan “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi. Shu munosabat bilan joylarda turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Oylik doirasida Markaziy harbiy okrugning Jizzax, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridagi harbiy qismlarda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda harbiy qism komandirlari va muassasalar boshliqlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Faxriylar kengashi a’zolari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.Uchrashuvda Qurolli kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash, muddatli harbiy xizmatga borish va ishda qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.  

Amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yosh kelajakda o‘z o‘rnini topishi lozimligi ta’kidlandi. Tadbir so‘ngida yoshlarga badiiy adabiyotlar to‘plami hamda esdalik sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, mehmonlar harbiy qism va muassasalarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

N.Rahmonova, O‘zA