Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar ovozi” tanlovi ishtirokchilari Nukusda
16:58 / 2022-05-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilning 10-15 may kunlari “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Unda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 152 nafar ishtirokchi qatnashadi. 

Mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan tanlov ishtirokchilari Nukus temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi. Ta’kidlanganidek, “Yoshlar ovozi” respublika tanlovi Prezidentimizning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari hamda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosi asosida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Besh bosqichli besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovda bu yil 238 ming nafardan ortiq yosh ro‘yxatdan o‘tdi. Mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla – tuman – viloyat – respublika” boshqaruv tizimiga asosan tanlov Nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, besh bosqichdan iborat etib belgilandi. 

Tanlovda baxshichilik, an’anaviy ijro, opera hamda estrada kabi 4 ta yo‘nalishda 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifalarida yoshlar ishtirok etadi. Ishtirokchilar uchun Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi va diqqatga sazovor maskanlarga sayohat uyushtirildi. Bugun Nukus shahridagi amfiteatrda festivalning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

[gallery-7029]

Dovud Abibullayev, 
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA