Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini g‘oliblariga pul mukofoti berildi
19:13 / 2022-03-09

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O‘rta Chirchiq tumani, Yangiyo‘l, Zangiota, Bekobod tumanlari hamda Yangiyo‘l va Bekobod shahar, “Kim Pen Xva” MFY yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan bellashuvlarda 168 nafar yoshlar 28 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etishdi.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda mahalla-sektor-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimi orqali tashkil etilgan tadbirda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun mohiyati, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar portali” hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyati hamda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida tushuncha va qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tildi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 234 million so‘mni tashkil etgan turnir g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Jumladan, O‘rta Chirchiq tumani “Kim Pen Xva” MFY yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda 1-o‘rin 30 million, 2-o‘rin 18 million, 3-o‘rin uchun esa 12 million so‘m pul mablag‘i berildi. Turnirda ishtirok etgan qolgan yoshlarning har biri 1 million so‘m pul mablag‘i bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Zangiota, Bekobod tumanlari hamda Yangiyo‘l va Bekobod shaharlarining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalari o‘rtasidagi turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa 30 million so‘mni qo‘lga kiritdi. Ushbu turnirda ishtirok etgan qolgan yoshlarning har biri 1 million so‘m pul mablag‘i bilan rag‘batlantirildi.

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA