Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar o‘rtasida Konstitutsiya qoidalari targ‘ib qilindi
12:20 / 2025-12-10

O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetining Rus tilshunosligi kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar mamlakatimiz asosiy qonuniga hurmat va e’tiborni mustahkamlash, uni mustaqil taraqqiyotimiz poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati sifatida anglash hamda huquqiy savodxonlikni oshirish imkoniga ega bo‘ldi.  

Ishtirokchilarga yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’ruzalar taqdim etildi, shuningdek, Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, tuzilishi va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida videorolik namoyish etildi.  

Konstitutsiya oid bilimlarga bag‘ishlangan huquqiy viktorinada faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirning madaniy qismida talabalar tomonidan tayyorlangan she’riy kompozitsiyalar, qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari orqali qonunga rioya qilish, Konstitutsiyada mujassamlashgan asosiy qadriyatlar va huquqiy jamiyatning poydevoriga sadoqat g‘oyalari targ‘ib qilindi.

Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bunday ma’naviy va huquqiy targ‘ibot tadbirlari talabalarda yurtimiz asosiy qonuniga nisbatan hurmat va qadriyatlarni chuqur anglash hissini mustahkamlab, ularning huquqiy ongi hamda fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nilufar Bozorova,  

O‘zA