English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tmoqda
15:12 / 2026-01-09

Shu kunlarda Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘quvchilarning qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida Intellektual olimpiada musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Unda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan va Prezident maktablari hamda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari ishtirok etdi.

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan musobaqalarda o‘quvchilar "Zakovat", "Breyn-ring" hamda "Shaxsiy o‘yin" bahslarida o‘zaro bellashdi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA