Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar o‘qish bilan birga daromad topmoqda
15:15 / 2026-03-06

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida Xonabod shahar hokimi Elyorbek Abdurahmonov, shahar prokurori Ilhomjon Mahmudov hamda ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Nazirov hamrohligida shahardagi “FAUZ Textile” korxonasida bo‘lib, korxonada ishlayotgan hamda dual ta’lim asosida kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Uchrashuvda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalari davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi ta’kidlandi. 

Ayni paytda korxonada dual ta’lim tizimi asosida o‘qib, ham ishlayotgan texnikumlarning 20 nafardan ortiq o‘quvchilari oyiga 3 million so‘mgacha ish haqi olib, o‘z oilalari daromadini oshirishga hissa qo‘shmoqda.

[gallery-28013]

Uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari eshitildi. Xususan o‘z xonadonlarida tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga zamonaviy tikuv mashinalari yetkazib berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Shaharning mutasaddi rahbarlari yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan taklif, tavsiya va maslahatlar berdi, ularni savollariga javob qaytardi. 

– Uchrashuvda korxona mahsulotini kasanachilik asosida o‘z xonadonimda tikish, buning uchun tikuv mashinasi olishga ko‘maklashish uchun murojaat qilgan edim. Shu kunning o‘zida menga zamonaviy tikuv mashinasi berilganidan juda xursand bo‘ldim. Ushbu e’tibor, ko‘mak uchun yanada astoydil ishlashga harakat qilaman, – deydi Xonabod shahar 1-son politexnikum o‘quvchisi Marjonoa Isoqjonova. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni kunda Xonabod shahridagi ikkita texnikumning 400 nafarga yaqin o‘quvchisi shahardagi “Uzkoje” xorijiy korxonasi, “Lens Textil”, “Fauz Tex”, “Oltin Vodiy Textile” singari korxonalar hamda Kampirrovot suv tozalash inshootida dual ta’lim asosida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlamoqda. 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.