Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha alohida tizim yaratildi
18:49 / 2022-03-09

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni shaffof holda adolatli ko‘rib chiqish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “1093” ishonch raqami faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xo‘sh, mazkur qisqa raqamlar orqali qanday muammolar hal qilinmoqda, qancha murojaatlar qabul qilindi?

– Juda ko‘p yoshlarimiz o‘zining murojaatlarini qaysi tizimda qoldirishni bilmasdi va bu ularning ko‘pchiligiga muammo tug‘dirardi, –dedi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev. – Mazkur tizimini ishga tushurganimizga hali hech qancha vaqt o‘tmasdan yoshlarimiz biz bilan telefon orqali 2 ming 85 soat muloqot qildi. Shu kunga qadar 54 ming 685 marta qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu “Call-markaz” kunu tun – uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi.

Ishonch raqami orqali asosan tadbirkorlik va imtiyozli kredit, bandlik va ishsizlik, ijtimoiy himoya, ta’lim yo‘nalishi va kontrakt masalasi, yoshlar uylari, yoshlar kafilligi va boshqa yo‘nalishdagi masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘lmoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, “Facebook”, “Instagram” “Telegram” va “Messenger” orqali ham yoshlarimiz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Agentlik tizimida Yoshlar murojaatlari shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yoshlar murojaatlarini kunlik tahlil qilish va ijrosini joyiga chiqqan holda manzilli o‘rganish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA