Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar muammolariga yechim izlandi
11:39 / 2026-01-27

Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar prokurori Sh. G‘afforov tomonidan biriktirilgan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, murojaat va takliflari o‘rganildi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkor yosh D.Shodiyevga tegishli marmarni qayta ishlash sexida foydalanilgan elektr energiyasi uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ortiqcha haq undirilayotgani haqidagi murojaat ko‘rib chiqildi. Natijada mas’ul idoralar tomonidan qayta hisob-kitob amalga oshirilib, murojaat muallifining haq-huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

– Uchrashuvda qatnashib, onamning nogironlik nafaqasi asossiz ravishda bekor qilingani haqida murojaat qildim, – deydi F.Rahmatov. – Murojaatim yuzasidan shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tegishli ko‘rsatmalar berilib, qonuniy tartibda hal etilishi nazoratga olindi. Shu bilan birga ishga joylashishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaatim asosida shahar obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashadigan bo‘ldim. 

Shuningdek, uchrashuv davomida Navoiy davlat universiteti talabasi I.Rahimovning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishda yordam so‘rab qilgan murojaati ham qabul qilinib, hozirda mazkur masala shahar prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish hamda jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri