Yoshlar muammolari o‘rganildi
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev o‘ziga biriktirilgan Shofirkon tumanidagi “Jo‘sho‘ra”, “Isogare”, “Mirzoqul” va “Pashmon” mahallarida istiqomat qilayotgan 18 nafar yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini o‘rgandi.
Uchrashuvda yurtimizdagi har bir yigit-qiz qaysi toifaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar davlatimiz himoyasida ekanligi, ularning kasb-hunar o‘rganishi, ishga joylashishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Muloqotda mazkur yoshlarning imtiyozli kredit olish, ishga joylashish va dehqonchilik uchun yer ajratilishi yuzasidan muammolarini bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, yoshlar bildirgan 4 ta masala shu joyning o‘zida hal etildi. Hal etilishi ma’lum vaqt talab etadigan 3 ta masalalar ijrosi esa nazoratga olindi. Ikki nafar yoshga tumandagi nufuzli ishlab chiqarish korxonadan bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.